Qidirish

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida
psixologik trening
 
    Navoiy innovatsiyalar universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida universitet psixologlari F. Boboyeva va O. Haydarovalar tomonidan rahbar va ishchi-xodimlar uchun “ICHIMDAGI QUYOSH” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
 
 
       Ushbu trening insonning ichki ijobiy energiyasini uyg‘otish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, emotsional holatini yaxshilashga qaratildi. “Quyosh” obrazida insonning ichki nuri, kuchi, umidi va hayotiy energiyasi ifodalandi.
 
Treningdan ko‘zlangan maqsad:
O‘z-o‘zini anglash va ijobiylikni kuchaytirish;
Ichki tinchlik va ruhiy muvozanatni topish;
Stress, xavotir va tushkunlik holatlarini yengishga ko‘maklashish;
Hayotga nisbatan ijobiy qarashni shakllantirish.
 
 
   Trening ishtirokchilari mashg‘ulot davomida o‘z his-tuyg‘ularini anglash va boshqarish, shuningdek jamoaviy muhitda psixologik yengillikni his qilish imkoniga ega bo‘ldilar.