"Vatan himoyasi – muqaddas burch!"
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Vatan himoyasi – muqaddas burch!" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda O'zbekiston yoshlar ittifoqi raisi, Karmana tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik, viloyat IIB Kinologiya xizmati boshligʻi katta serjant, 87214-harbiy qism xizmatchilari, 20022-harbiy qism solisti kichik serjant va orkestr jamoasi, Faxriy qorovul qoʻshinlari vakillari, Navoiy viloyati veteran jangchi faxriylar kengashi hamda 20022-harbiy qism komandirining oʻrinbosari podpolkovnik tashrif buyurishdi.
Tadbir davomida soʻzga chiqqan mehmonlar Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini ta’kidlab, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhimligi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shu bilan birga, tadbirda universitet jamoasi hamda ikki mingga yaqin talabalar faol ishtirok etishdi.