Qidirish

Navoiy innovatsiyalar universitetida giyohvandlikka
qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
 
       Navoiy innovatsiyalar universitetida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Navoiy viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi, mayor Po‘latov Xurshid Muxtorovich, Respublika narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali mutaxassisi Shoimova Karomat Karimovna, NIU yuristi E. Xamroyev, professor-o‘qituvchilar, universitet xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.
 
 
         Tadbir davomida mutaxassislar giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning jamiyat va shaxsga yetkazadigan zarari haqida keng ma’lumot berdilar. Shuningdek, ushbu illatning oldini olish borasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikdagi javobgarlik masalalari hamda ogohlik va xavfsizlikni ta’minlashning muhim jihatlari muhokama qilindi.