Search

images/rahbarlar/2025-04-04-06-25-52_e0d2b7c8d95d65bb549fac2bfd901121.jpeg

XUDOYOROV SHUHRAT JUMAQULOVICH

Vice-Rector for Academic Affairs and Scientific Innovations Candidate of Physical and Mathematical Sciences, Associate Professor
1987-1993 yy. - Samarqand davlat unversiteti talabasi
1988-1989 yy. - Harbiy xizmatda
1993-1995 yy. - Navoiy viloyati Nurota tumani 10-umumta'lim maktab oʻqituvchisi
1995-1998 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti oʻquv test markazi elektron hisoblash mashinasi boʻyicha katta muhandis, matematik analiz va informatika kafedrasi oʻqituvchisi
1998-2001 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti matematik analiz va informatika kafedrasi  oʻqituvchisi
2001-2003 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand boʻlimi aspiranti 
2004-2006 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi oʻqituvchisi
2006-2008 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta oʻqituvchisi
2008-2014 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri
2014-2015 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti oʻquv boʻlimi boshligʻi (informatika va axborot texnologiyalari  kafedrasi 0,5 (yarim) stavka katta oʻqituvchisi)
2014-2015 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti oʻquv uslubiy boshqarmasi boshligʻi
2015-2018 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti “Maktabgacha va boshlangʻich ta'lim” fakulteti dekani vazifasini bajaruvchisi
2018-2022 yy. -  Navoiy davlat pedagogika instituti “Maktabgacha va boshlangʻich ta'lim” fakulteti dekani
2022-2024 yy. - Navoiy innovasiyalar instituti Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari  kafedrasi oʻqituvchisi
2024 y. avgustdan h.v. - Navoiy innovasiyalar universiteti Oʻquv ishlari va ilmiy innovasiyalar boʻyicha prorektori
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Universitet Kengashi qarorlarini, Universitet rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;
Universitet tuzilmasi bo’yicha O’quv ishlari va ilmiy innovatsiyalar bo’yicha prorektorga bo’ysunuvchi bo’limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
Davlat ta’lim standartlari asosida o’quv-uslubiy ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo’limlar, kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilarning to’liq bilishini ta’minlash;
Ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o’rganish, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va boshqa ta’limga oid qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ta’lim tizimini rivojlantirishga oid qaror va farmonlarida ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi zamonaviy uslub va yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
O’quv jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
O’quv jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
O’tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o’qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
O’qitishning zamonaviy texnik vositalar asosida hamda chet tillarida o’tilishini ta’minlash va nazorat qilish;
Axborot-resurs markazini zamonaviy o’quv adabiyotlari, majmualari, darsliklari hamda elektron darsliklar bilan ta’minlanishini amalga oshirish va nazorat qilish;
O’quv va ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish, Universitet uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti o’tishini ta’minlash va uni nazorat qilish;
O’quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to’plamlarini Universitet pedagog xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda Universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to’ldirib turish bo’yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
Universitet fakultet, kafedra va bo’limlarining o’quv-uslubiy faoliyatlari yuzasidan Kengash yig’ilishlarida reja asosida hisobot berish;
Bakalavriyat talabalarining Davlat attestatsiyalari bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkil qilish va o’tkazilishini nazorat qilish;
Universitetni bitiruvchi mutaxassislarni ishga taqsimlash va yo’naltirish bo’yicha tadbirlarni o’tkazilishini nazorat qilish;
Ta’lim yo’nalishlari bo’yicha “Ishchi o’quv reja”, “Ishchi o’quv dastur”, “O’quv jadval” va “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;
Talabalar kontingentining yillik hamda chorak hisobotlarini tayyorlashini nazorat qilish;
Universitet professor-o’qituvchi va xodimlarining malakalarini oshirishlari bo’yicha malaka oshirish Universitetlari va markazlari bilan shartnomalar tuzish, malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish, rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish Universitetlari va markazlariga reja asosida yuborilishini nazorat qilish;
Talabalar bilimini baholash reyting tizimini shaffofligini nazorat qilish;
Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish, talabalar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Navoiy, Beruniy nomli davlat stipendiyasi va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
Professor-o’qituvchilar va o’quv-yordamchi xodimlar shtatlari bo’yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo’limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
Bo’sh lavozimlarga professor o’qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish va magistr darajasiga ega bo’lgan shaxslarni Universitetda ishlash uchun olib qolish bo’yicha bosh direktor hamda rektorga takliflar tayyorlash, professor-o’qituvchilar tarkibini yosh kadrlar bilan to’ldirish va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
O’quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
Ta’lim sifatini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Fakultet, kafedralar va bo’limlarning yillik faoliyati bo’yicha hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar kiritish, professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
Tayanch oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish Universitetlari bilan o’quv-uslubiy yo’nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o’qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda ishlash;
O’rnatilgan tartibda Universitetning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatini takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
Universitetni o’rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o’tkazish;
Universitet rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki qabulini amalga oshirish hamda murojaatlarni ko’rib chiqish;
Universitet Nizomi, Ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.
Universitet mol-mulkiga o’z mol-mulkiga bo’lgandek munosabatda bo’lish.
561