O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Universitet Kengashi qarorlarini, muassasa Bosh direktori va Universitet rektorining buyruq va topshiriqlarini bajarilishini tashkil etish;
Universitet tuzilmasi bo’yicha yoshlar masalalari va ma’naviyat ishlari bo’yicha prorektorga bo’ysunuvchi bo’limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
Universitetda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishlarni tashkil etish hamda yetuk, barkamol malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Universitetda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va boshqa ta’limga oid qonunlar mohiyatini tushuntirish va ularda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida uslubiy va zamonaviy axborot vositalarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
Universitetda ta’lim-tarbiya jarayonining zamonaviy shakllarini, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Ma’naviy va ma’rifiy yo’nalishi bo’yicha rektorga takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
Fakultetlar, kafedralar va bo’limlarning ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Universitet fakultet, kafedra va bo’limlarining ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi faoliyatlari yuzasidan Kengash yig’ilishlarida reja asosida hisobot berish;
Talabalar turar joyida yashovchi va xonadonlarda ijarada turuvchi talabalar o’rtasida doimiy ravishda ma’naviy-ma’rifiy tushuntirish ishlarini tashkil qilish va nazorat qilish;
Talabalar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, diniy ekstremizm holatlarini oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish;
Professor-o’qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishi bo’yicha shaxsiy ish rejalari bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
Universitet ma’naviyat va ma’rifat kengashi foliyatiga kotiblik qilish;
Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish, talabalar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Zulfiya va boshqa nomdor stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
Universitet binolari, kafedralar va talabalar turar joylaridagi Ma’naviyat va ma’rifat xonalarini belgilangan tartibda jihozlanishi va ulardan unumli foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish;
Fakultetlar, kafedralar va bo’limlarning ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi faoliyati bo’yicha hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar taqdim etish;
Universitetda faoliyat ko’rsatayotgan jamoat tashkilotlari va murabbiylar kengashi faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy-amaliy yordam ko’rsatish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Davlat dasturlari va yoshlar siyosatiga oid Dasturlarni ijrosini ta’minlash va belgilangan tartibda yuqori tashkilotlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
Universitetning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bo’yicha hisobotlarni tahlil qilish va belgilangan muddatlarda tegishli yuqori organlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
Universitetning barcha binolari va talabalar turar joylarida professor-o’qituvchilar hamda xodimlarning navbatchilik jadvallarini tasdiqlash va nazorat qilish;
Universitet rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki qabulini amalga oshirish hamda murojaatlarni ko’rib chiqish;
Universitet Nizomi, Ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.
Universitet mol-mulkiga o’z mol-mulkiga bo’lgandek munosabatda bo’lish.