• - ta’limning kredit-modul tizimi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash;
• - Kredit-modul ta’lim tizimining tamoyillari asosida tanlov fanlar katalogini shakllantirish va unga kiritilgan fanlarni Postrekvizit va Prerekvizit fanlar ketma-ketligini, fanlarning ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining, bozor iqtisodiyotining talablari asosida shakllantirish hamda muntazam yangilab borish jarayonini tashkil qilish;
• - talabalarning mustaqil ta’limini kafedralarda toʻgʻri tashkil etilganligi, bajarilayotgan mustaqil ta’lim ishlarini originalligini nazorat qilishni tashkil etish;
• - Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga taalluqli hujjatlar namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 15-yanvardagi 30-son buyrugʻining 1-11 ilovalariga muvofiq oliy ta’lim muassaslarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga taaluqli hujjatlar namunalarini buyruq ilovalariga muvofiq yuritilishini tashkil qilish;
• - Kredit-modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimidan foydalanish boʻyicha institut mas’ul xodimlari va mutaxassislari uchun seminar-treninglar oʻtkazish;
• - 1-kurs talabalar safiga qabul qilingan talabalarga ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini tushuntirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish;
• - Hemis ta’limni boshqarishning axborot tizimini yuritilishi, tegishli boʻlimlar tomonidan ma’lumotlarni kiritilishi, kontentlar va talabalar bazasining toʻliq shakllantirilganligini nazorat qilish;
• - talabalarni fanlarga yozilishini tashkil qilishda (Enrollment) tyutorlar va kafedralar bilan hamkorlikda ishlashni tashkil etish;
• - yakuniy nazoratlarni tashkil qilish va oʻtkazish;
• - oʻquv rejalarini ishlab chiqishda Balonya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari OTMlarining oʻquv rejalari bilan muvofiq ishlab chiqilganligini monitoringini olib borish;
• - oʻqitishning kredit-modul jarayoniga tegishli masalalar boʻyicha rektor buyrugʻi va Kengash qarorlari loyihalarini tayyorlash;
•
• Kredit-modul mutaxassisi xizmat vazifasiga quyidagilar kiradi:
• - Kredit-modul tizimi nomenklaturasi boʻyicha hujjatlar yuritilishini ta’minlash;
• - Kredit-modul tizimi faoliyatiga doir buyruqlar, qaror loyihalari, xizmat xatlari va shu kabi hujjatlarni tayyorlash, belgilangan tartibda rasmiylashtirish va tegishli tashkilotlarga yuborilishini tashkil etish;
• - Kredit-modul tizimiga kelgan hujjatlar qayd etilishini tashkil etish;
• axborot kommunikatsion texnologiyalarni puxta bilishi;
• Filialning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;