Qidirish

Ayni shu mavzu yuzasidan bugun Navoiy innovatsiyalar universiteti  talaba-qizlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.Tadbirni NIU "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi oʻqituvchisi U.Umurzakova ochib berdi.
 
 
 
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning viloyat boshqarmasi boshligʻi R.Sherboʻtayeva, Navoiy viloyati ayollarni reabilitatsiya qilish markazi viloyat boʻlimi mutaxassisi N.Ermamatova, Karmana tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi inspektori leytenant G.Sattorova, universitet xotin-qizlar maslahatchisi N.Kobulova islom dinining jamiyat hayotidagi oʻrni, buzgʻunchi gʻoyalarning ayollar va bolalar taqdiriga ta’siri, jamiyatimizda uchraydigan zoʻravonliklar va ularning oqibatlari xususida toʻxtalib, har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikni inkor etadigan, unga toqat qila olmaydigan muhit yaratishda faol bo'lish lozimligini uqtirishdi.
 
 
Suhbat so'ngida talaba qizlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.