Qidirish

Navoiy Innovatsiyalar Universitetida "Biz sog‘lom avlod tarbiyalaymiz" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
           Navoiy Innovatsiyalar Universitetida "Biz sog‘lom avlod tarbiyalaymiz" mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Karmana tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari H.H. Fayziyeva va N. Sodiqova, yaponiyalik shifokor Yuki Asanu, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi R. Rabbimova, Aniq va texnika fanlari kafedrasi dotsenti, PhD U.N. Umurzoqova, universitet hamshirasi M. Astanova hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi.
 
 
     Suhbat davomida yosh avlod salomatligini ta'minlash, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va psixologik sog‘lomlikni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar, jumladan, Yuki Asanu sog‘lom turmush tarzining global tajribaga asoslangan jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi.
 
 
          Davra suhbati mazmunli muloqotga boy bo‘lib, ishtirokchilar uchun katta foyda va ilhom manbai bo‘ldi. Tadbir yakunida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.