Qidirish

Aziz do'stlar! Navoiy Innovatsiyalar universiteti rahbariyati nomidan barcha talaba, ustoz va xodimlarni yangi o'quv yili boshlanishi bilan samimiy tabriklashga ruxsat eting.

Universitetimiz nafaqat yangi o'quv yili, balki xalqimiz bilan birga barcha vatandoshlarimiz uchun eng ulug' va eng aziz bayram – O'zbekiston Mustaqilligining 33-yilligini chuqur bilimga ega professor-o'qituvchi, murabbiylar jamoasi hamda talabalar bilan birgalikda nishonlamoqda.

Fursatdan foydalanib, bugun men birinchi kursga qabul qilingan  talabalarimizga murojaat qilmoqchiman.

Azizlar! Siz Navoiy Innovatsiyalar universitetining katta va ahil oilasiga qo'shildingiz. Bu bilan sizlar orzular va munosib kelajak sari juda muhim qadam tashladingiz. Bu sizning ilk g'alabangiz, undan keyin albatta yangi yutuqlarga erishasiz.

Universitetimizda iqtidoringizni namoyon etish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Qat'iyatli va maqsadli bo'ling, o'z oldingizga eng murakkab vazifalarni qo'ying, tinimsiz izlaning va Siz albatta maqsadingizga erisha olasiz. Ulkan salohiyatingizdan bilim va ko'nikma olish jarayonida keng foydalaning. Universitetda o'tkazgan har bir kuningiz siz uchun o'z-o'zini anglash va rivojlanish davriga aylansin!

Barcha talabalarga o'qishlarida muvaffaqiyat, imtihonlarda a'lo baholar, yangi kashfiyotlar va yutuqlar tilayman!