Qidirish

Assalomu alaykum qadrli hamkasblar va aziz talabalar!

NIU jamoasi nomidan yangi o'quv yili bilan samimiy tabriklarimizni qabul qiling. Bu kun nafaqat talaba-yoshlar, ta'lim sohasi xodimlari, balki O'zbekistonimizning barcha aholisi uchun  ham alohida ahamiyatga ega. Ta'lim tizimini rivojlantirish va bilim sifatini oshirish orqali biz yurtimizning kelajagiga ulkan sarmoya kiritamiz.

Barchamiz yangi o'quv yiliga ulkan rejalar va global loyihalar bilan qadam qo'ymoqdamiz.

Hurmatli jamoamiz a'zolari, ushbu o'quv yilida sizlarga chin dildan sihat-salomatlik, bitmas-tuganmas ijobiy energiya, yangi loyihalar va yangi yutuqlar, innovatsion g'oyalar hamda qiziqarli ilmiy kashfiyotlar tilayman!

Universitetimizning barcha talabalariga esa o'qishlarida muvaffaqiyatlar, imtihonlarda a'lo baholar, yangi kashfiyotlar va yutuqlar tilayman!

Talabalarimiz haqiqiy muvaffaqiyat siri – bu hamfikr do'stlar jamoasi ekanligini bilishadi. Bir-biringizga dalda bo'ling, tajriba almashing va yangi cho'qqilar sari birgalikda harakatlaning!

Barcha ishlaringizda sizga muvaffaqiyat hamroh bo'lsin!

Sizga tinchlik, sog'lik va farovonlik tilaymiz!