Qidirish

6-sentyabr kuni “Tafakkur” Yoshlar targ'ibot markazi rahbari Jonibek Shuhratov bilan NIU professor-o'qituvchi va xodimlari o'rtasida“Parij – 2024: Istiqbol shukuhi va globallashuv” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. 
 
 
 
Suhbat slaydlar asosida juda qizg'in o'tdi. Tadbir ishtirokchilari vatanimiz O'zbekistonning sharafini yanada yuksaltirgan, Olimpiadada g'oliblik shohsupasiga ko'tarilgan sportchi hamyurtlarimizning g'alabalarini muhokama qilar ekanlar, bu yutuqlarning davlat siyosatidagi ahamiyati nechog'lik yuqori ekanligiga to'xtalib o'tdilar. Bu yutuqlar o'sib kelayotgan yosh avlodni kelajakda yuksak marralarga yetaklashi, ularga bildirilgan ishonch faxr va motivatsiyaga asos bo'lishi ta'kidlab o'tildi. Sport va dunyo siyosatining bir-biri bilan bevosita aloqasi ma'ruzachi Jonibek Shuhratov tomonidan chuqur tahlil etilib, o'tgan davra suhbati ishtirokchilarda yorqin taassurot qoldirdi.