Qidirish

 Assalomu alaykum, "NIU"ning talabalik baxtiga muyassar, toliblik sharafiga musharraf bo'lgan qadrli talabalari, bo'lajak olim-u olimalari!
 Barchangizni 17-noyabr - "Xalqaro talabalar kuni!" munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Ishonamanki, talabalikning oltin davrida universitetimizning ulug' ustozlaridan olayotgan zamonaviy bilim, tajriba va sharqona tarbiyangiz kelajakda sizlarni yuqori salohiyatli, yetuk ilmli, yuksak ma'naviyatli va sof vijdonli bo'lib kamol topishingizda mustahkam ko'prik vazifasini o'taydi.
 Universitetimiz yoshlarining orzu-intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,  ilg'or g'oya va tashabbuslarini ro'yobga chiqarish,  iqtidor va iste'dodlarini munosib rag'batlantirish, intiluvchan va izlanuvchan yoshlarni dunyoning eng bilimli yoshlari safiga qo'shish kabi ko'plab vazifalar bizning oliy maqsadlarimizdandir.
 
Hurmat bilan,  Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori siyosiy fanlar buyicha falsafa doktori  Nuriymon Abulxasan!