Qidirish

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

NIU va BETT UK–2026 – “Xalqaro hamkorlik – innovatsion ta’lim asosi”
28.01.2026
893
Navoiy innovatsiyalar universitetida xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan zamonaviy IT va Sun’iy intellekt laboratoriyasini tashkil etish, shuningdek, innovatsion yondashuvlarga asoslangan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan bir qator nufuzli xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar olib borildi. Ushbu muzokaralar ta’lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini shakllantirishga qaratildi. Mazkur hamkorlik doirasida qisqa va o‘rta muddatli(3–6 oylik) akademik kurslarni tashkil etish, xalqaro talablar asosida bakalavriat darajasidagi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy natijalarni moliyalashtirish hamda ta’lim va sanoat integratsiyasini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.