Qidirish

Yangiliklar

🎉 Tantanali taqdirlash marosimi 🎉
13.10.2025
893
2025-yil 25-sentyabr kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti Axborot-resurs markazida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Tadbirni NIU rektori, siyosiy fanlar doktori, professor J. Mavlonov ochib berdilar.🔹 Mehmon sifatida Turon fanlar akademiyasi Navoiy filiali rahbari, akademik, pedagogika fanlari doktori, professor – Prezidium a’zosi Kamol Mirzayevich Yo‘ldoshev tashrif buyurdilar.
✨ Ustoz tomonidan Tabiiy va texnika fanlari kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Lola Xamidovna Zoirovaga ilmiy-innovatsion ishlari, patentlari, darslik va qo‘llanmalar muallifligi uchun Turon fanlar akademiyasining haqiqiy akademigi unvoni topshirildi.
👨‍👩‍👧 L.Zoirovaning ota-onalari ham tadbirda ishtirok etib, universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildirdilar. O‘z navbatida, rektor J. Mavlonov ularni tashakkurnoma bilan taqdirladilar.
🌟 Shuningdek, izlanuvchan yosh olima Hasanova Lobar Yusuf qizi ilmiy izlanishlari uchun “Milliy iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
👉 NIU jamoasi hamkasblarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy-ijodiy ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!