🌸 “Odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati” tadbiri
                    
                    
                 
                
                    
2025-yil 25-sentyabr kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi faollar zalida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish o‘tkazildi.🔹 Tadbirda talabalarning odob-axloq normalariga rioya etishi, o‘qituvchi va tengdoshlari bilan muomala madaniyati, shuningdek, zamonaviy talaba qizga xos kiyinish madaniyati haqida muhim fikrlar bildirildi.👩🎓 Yig‘ilish davomida “Qizlarjon” va “Ledir qizlar” klublari faollari va sardorlari tanlab olinib, ularning faoliyatini yangi g‘oya va tashabbuslar bilan boyitish rejalashtirildi.Tadbir samarali muhokamalar bilan yakunlanib, talabalarni ma’naviy jihatdan rivojlantirishga xizmat qildi.