Qidirish

Yangiliklar

Murojaatlar madaniyati – shaffoflik va ishonch garovi
25.08.2025
893
Murojaatlar madaniyati – shaffoflik
va ishonch garovi
 
   Navoiy innovatsiyalar universitetida 2025-yil 12-avgustdagi rektor buyrug‘iga asosan 25-avgust kuni Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi xodimi A. Xurramov tomonidan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar uchun “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi” mavzusida ma’naviy-amaliy seminar o‘tkazildi.
 
 
       Seminarda ishtirokchilarga murojaatlarni qabul qilishning og‘zaki, yozma va elektron shakllari, ularning ahamiyati, ko‘rib chiqish muddatlari hamda turlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
 
 
      Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – universitetda shaffoflik, ochiqlik va adolat tamoyillarini yanada mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash madaniyatini yuksaltirish hamda jamoa a’zolarida mas’uliyat va huquqiy savodxonlikni oshirishdan iboratdir.