Prezident qarorlari ijrosida – ma’naviyat va
hamjihatlik sari ezgu qadam
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ–4307-son “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida”gi hamda 2019-yil 23-avgustdagi PQ–4434-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida Navoi innovatsiyalar universiteti rahbariyati tashabbusi bilan 2025-yil 23-avgust kuni Buxoro viloyatidagi muqaddas “Yetti pir” ziyoratgohlariga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Ushbu safar davomida universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari Buxoroi Sharifning qadimiy va muqaddas qadamjolarini ziyorat qildilar.
Jumladan, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Hazrat Anjir Fagnaviy, Hazrat Bahouddin Naqshband kabi buyuk avliyolar maskanlariga tashrif buyurib, ularning hayoti va qoldirgan ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.