Qidirish

Yangiliklar

Hamkorlik yo‘lida muhim qadam
08.08.2025
893
Hamkorlik yo‘lida muhim qadam
 
      Bugun Navoiy innovatsiyalar universiteti hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi rahbariyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
 
 
        Mazkur hujjatning imzolanish marosimida Navoiy innovatsiyalar universiteti Bosh direktori E.Rahmonov va rektori J.Mavlonov, shuningdek O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi raisi N.Togaeva hamda Kengash raisi o‘rinbosari N.Isaqov ishtirok etdilar.
 
 
        Ushbu memorandum — ta’lim va kasaba uyushmalari o‘rtasidagi ijtimoiy muloqot, xodimlar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.