Qidirish

NIU talabasi “Yuksak ehtirom”
ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi!
 
         Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi talabasi, Rektor stipendiyasi sohibasi Murtazayeva Sevara Nemat qizi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan "Yuksak ehtirom" nomli xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovda munosib ishtirok etdi.
 
 
        Uning "Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasida tarbiyachining roli" mavzusidagi maqolasi Scientific Academy ilmiy-ma’rifiy markazi tomonidan nashrga tavsiya etilib, Google Scholar bazasida indekslandi. 
 
 
        Ushbu ilmiy yutuqlari va faol ishtiroki uchun Sevara sertifikat, diplom, statuetka, esdalik nishon belgisi hamda "Yuksak ehtirom" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi!
 
 
      Sevara Murtazayeva kabi izlanuvchan, ilmga chanqoq yoshlar — bizning faxrimiz! Ularga ilhom, kuch va zafarlar tilaymiz!