“Dolzarb 90 kunlik” doirasida: Talabalar bandligi
va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish
yo‘lida yangi bosqich
Yoshlarning kasbiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash va ularning bandligini ta’minlash bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Aynan shu maqsadda, “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Navoiy innovatsiyalar universiteti tomonidan Navoiy viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, “Madadkor yoshlar” markazi, “Ziyokor” ayollar va yoshlar markazi hamda “Qizlarjon” klubi bilan hamkorlikda “Muvaffaqiyat sari – biznesga ilk qadam” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar 2022-yil 4-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Seminar davomida talabalar tadbirkorlik asoslari, biznes yuritish tamoyillari, zamonaviy bozor muhitidagi imkoniyatlar, moliyaviy savodxonlik, marketing strategiyasi va risklarni boshqarish bo‘yicha zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish, uni rejalashtirish va davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar va grantlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida 60 nafardan ortiq ishtirokchiga Navoiy viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazining maxsus sertifikatlari tantanali tarzda topshirildi.