Universitetimizning "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "Boshlang‘ich taʼlim" yo‘nalishi 1-kurs 3-guruh talabasi Barnoqulova Marjona Bahodir qizi o‘zining faol, izlanuvchan va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lmoqda.
U O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Renessans ijodkorlari” ilmiy nashriyoti to‘plamida faol ishtiroki uchun guvohnoma, sertifikat, Renessans ijodkorlari to‘plami va statuetka bilan taqdirlandi. Joriy yil yakunida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etib, maqolasi to‘plamda nashr qilindi hamda diplom bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda Marjona Falsafa fanlari doktori (PhD) Ochilova Maftuna Shuxratovna ilmiy rahbarligida Ona tili va adabiyot fanining dolzarb mavzulari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Maʼlumot uchun:
– Marjona universitet granti va Rektor stipendiyasi sohibasi;
– 2025-yil 27-may kuni "Bilimlarni baholash agentligi" tomonidan o‘tkazilgan imtihonda Ona tili fanidan B daraja Milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan.
Marjonaning kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!