BESH TASHABBUS OLIMPIADASI
“Besh tashabbus olimpiadasi”: Navoiy innovatsiyalar universiteti talabalarining yirik yutug‘i!
Samarqand viloyatida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Bosh prokuror kubogi” respublika bosqichida Navoiy viloyati jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
57 kg vazn toifasi (qizlar) bo‘yicha:Navoiy innovatsiyalar universiteti talabasi G‘afforova Nilufar Sherali qizi – 1-o‘rin.
G‘oliblar diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Talabamizga bundan keyingi musobaqalarda ham omad tilaymiz.