Qidirish

Axborot xizmatlari: zamonaviy yondashuv,
raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
doirasida yangi bilimlar
 
      Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarning uchinchi chaqiruvi muvaffaqiyatli yakunlandi.
 
 
        10–12-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan mazkur seminar yuqori saviyada, malakali ekspertlar ishtirokida tashkil etildi.
 
 
        Unda mamlakatimizdagi 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, xorijiy universitetlar filiallarining matbuot kotiblari qatnashdi.
 
 
        Tinglovchilar axborot xizmatlarining bugungi kun talablariga moslashuvi, raqamli kommunikatsiya vositalari, PR strategiyalari, ijtimoiy tarmoqlardagi kontent siyosati, shuningdek, sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.
 
 
        Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus sertifikatlari topshirildi.