Qidirish

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida:
Navoiy innovatsiyalar universitetida
“MEN TAʼTILGA TAYYORMAN” psixologik treningi
 
     “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida 2025-yil 11-iyul kuni Navoiy Innovatsiyalar Universitetida universitet psixologlari F. Boboyeva va O. Haydarovalar tomonidan rahbar va ishchi-xodimlar uchun “MEN TAʼTILGA TAYYORMAN” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
 
       
         Mazkur trening quvnoq, kayfiyatni ko‘taruvchi va motivatsiya beruvchi mashg‘ulotlar bilan boyitilgan holda o‘tkazildi.
 
 
      Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro muloqot asosida fikr almashdi, psixologik mashqlar va jamoaviy vazifalar orqali dam olishni to‘g‘ri rejalashtirishning amaliy jihatlari bilan tanishdi.
 
 
      Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad:Universitet rahbar va ishchi-xodimlarini ta’til oldidan o‘zini psixologik, emotsional va jismoniy jihatdan tayyorlashga yo‘naltirish, dam olishni ongli ravishda rejalashtirish va ta’tildan maksimal foyda olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
 
 
      Shuningdek, ushbu tadbir jamoa o‘rtasida ijobiy muhit yaratish, ish jarayonidagi stresslarni kamaytirish va xodimlarning ruhiy salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
 
 
         Bunday treninglar universitet jamoasining birligi, salomatligi va ish unumdorligini oshirish yo‘lida muhim qadamdir.