Qidirish

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida: Navoiy
innovatsiyalar universitetida “Zakovat”
intellektual musobaqasi!
 
       Navoiy innovatsiyalar universiteti Axborot-resurs markazida universitetning ishchi-xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
 
 
         Bilim va zakovat maydonida 6 ta jamoa g‘alaba sari kuch sinashdi. Har bir jamoa o‘zining aql-zakovati, tezkor tafakkuri va jamoaviy birdamligini namoyish etib, qizg‘in bahslarda ishtirok etdi.
 
 
  Musobaqa natijalari:
 🥇 1-o‘rin — “Dominant” jamoasi (Ma’naviyat bo'limi jamoasi)
 🥈 2-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi (Matbuot va Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limlari)
 🥉 3-o‘rin — “Professorlar” jamoasi (O‘quv bo‘limi)
 
 
    G‘olib va barcha ishtirokchilarni chin dildan tabriklaymiz! Bunday intellektual tadbirlar universitetimiz jamoasi orasida bilim, tafakkur va jamoaviylikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kelgusi musobaqalarda yanada yuksak natijalarga erishishni tilaymiz!