Navoiy viloyati statistika boshqarmasi va Navoiy innovatsiyalar
universiteti hamkorligida ochiq muloqot
2025-yil 11-iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda Navoiy Innovatsiyalar Universiteti hamkorligida ochiq muloqot shaklidagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U. Suyunov, boshqarma Inson resurslarini boshqarish bo‘limi xodimi Z. Xushmatov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i M. Yuldasheva, shuningdek universitetning professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida statistika tizimidagi so‘nggi islohotlar va yangiliklar, hududiy ko‘rsatkichlarni shakllantirish va e’lon qilish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, statistik organlardagi vakant lavozimlar, ularga ishga qabul qilish tartibi va nomzodlarga qo‘yiladigan malaka talablari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Suhbat davomida Ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ishlari, ularni amalga oshirish bosqichlari hamda ushbu jarayonning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.