Qidirish

Navoiy viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari R. Xayitovning
Navoiy innovatsiyalar universitetiga tashrifi
 
           2025-yil 11-iyul kuni Navoiy viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari R. Xayitov Navoiy innovatsiyalar universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitetda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim jarayonidagi innovatsion yondashuvlar bilan yaqindan tanishdi.
 
 
       R. Xayitov Qabul bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat xonasi hamda Axborot-resurs markazi (kutubxona) faoliyati bilan tanishar ekan, u yerda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi tashabbuslarni yuqori baholadi.
 
 
     Tashrif yakunida R. Xayitov universitet kutubxonasiga 30 dona adabiy va ma’rifiy kitob sovg‘a qildi. Ushbu adabiyotlar talabalarning dunyoqarashini kengaytirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
 
 
      Universitet rahbariyati R. Xayitovga minnatdorchilik bildirib, kelgusida viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.