“Dolzarb 90 kun” doirasida navbatdagi
seminar-trening bo‘lib o‘tdi
2025-yil 10-iyul kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida, “Har bir millatning najotkori – ilm” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda spiker sifatida Navoiy viloyati “Tafakkur” yoshlar va targ‘ibot markazi rahbari Jonibek Shuxratov ishtirok etdi.Seminarda ilmning inson hayotidagi o‘rni, uning qalb va tafakkur nurini yoritishi, nodonlik va zulmatdan faqat ilm orqali najot topilishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ilm egallash nafaqat zarurat, balki bu o‘ziga xos san’at ekani alohida ta’kidlandi. Seminar davomida xitoylik mashhur yozuvchi Yu Hua qalamiga mansub “Yashamoq” nomli roman targ‘iboti ham o‘tkazildi va ushbu asarni o‘qish barcha ishtirokchilarga tavsiya etildi.