Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida joriy yilning 10-iyul kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025-yil 25-iyundagi 3/4/23-1769-sonli xatiga muvofiq profilaktik tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir cho‘milish taqiqlangan joylar (daryolar, soylar, kanallar, ariqlar, ko‘llar, suv omborlari va fermer xo‘jaliklaridagi sun’iy suv havzalari)da cho‘milish oqibatida yuzaga keladigan baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan.
Tadbir davomida Navoiy innovatsiyalar universiteti Yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi inspektori Rashidov Shavkat suvda cho‘kishning asosiy belgilari, birinchi yordam ko‘rsatish usullari va cho‘kayotgan shaxsni qutqarish texnikasi bo‘yicha ma’lumotlar berdi hamda barcha ishtirokchilarni ogohlik va ehtiyotkorlikka chaqirdi.