Qidirish

Navoiyda ijtimoiy himoyadagi xotin-qizlar
uchun ta’limga imtiyoz
 
         Navoiy innovatsiyalar universiteti va Navoiy shahar hokimligining Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun imtiyozli ta’lim loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
 
 
        Loyiha doirasida universitetda tahsil olishni istagan xotin-qizlarga (ta’lim shakli va yo‘nalishidan qat’i nazar) bakalavriat bosqichi davomida kontrakt to‘lovining 10 foiz chegirmasini nazarda tutuvchi vaucherlar taqdim etiladi.
 
 
     Mazkur tashabbus ayollarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda malakali kadrlar safini boyitishga xizmat qiladi.
         Navoiy innovatsiyalar universiteti – ilm, imkoniyat va ijtimoiy adolat makoni!