"O'zbekiston – jannatmakon diyor" shiori
ostidagi unutilmas sayohat
Navoiy innovatsiyalar universiteti Ma’naviyat bo‘limi, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi Ingliz tili yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari, tyutor va talabalar tomonidan unutilmas ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
"O‘zbekiston – jannatmakon diyor" shiori ostida tashkil etilgan ushbu sayohat qadimiy va navqiron Samarqand shahrining tarixiy obidalarini o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni chuqur anglash, yosh avlod qalbida yurtga muhabbat va faxr tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Registon majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi kabi bebaho yodgorliklarni ko‘zdan kechirdilar.
Tarixiy ma’lumotlar bilan boyitilgan bu tashrif barcha qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.