Qidirish

Talaba - qizlar stol tennisida o'zaro bellashdilar
 
          Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusida Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi hamda Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talaba qizlari o‘rtasida “Talabalar ligasi” doirasida sportning stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
 
 
       Mazkur musobaqa talaba-qizlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib etish, yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida uyushtirildi.
 
 
Talaba-qizlar o‘zaro bellashuvda o‘z chaqqonliklarini hamda mahoratlarini namoyish qildilar.
 
 
        Musobaqa yakuniy natijalariga ko'ra quyidagi talabalar g'olib bo'ldilar:
1-o'rin Normurodova Shodiya (Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili)
2-o'rin Xushboqova Fotima (Maktabgacha ta'lim)
3-o'rin Yoqubova Asilabonu (Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili)