Qidirish

“Korrupsiya taraqqiyot kushandasi"
mavzusida davra suhbati
 
      Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Sho‘rchi tuman kengashi vakili O‘rol Sherxonov, “Xudayor-Femida” advokatlik firmasi advokati O‘tkirbek Ishboyev, kampus professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.
 
 
     Tadbirda so‘z olganlar, korrupsiyaga qarshi kurash haqida atroflicha so‘z yuritib, korrupsiyaning jamiyat va davlat rivojiga salbiy ta’siri, uning oldini olish yo‘llari hamda halollik va adolat tamoyillarining ahamiyati, talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash hamda murosasizlik muhitini shakllantirish barcha ta’lim muassasalari faoliyatining asosiga aylanishi kerakligi haqida o‘z o'z fikrlarini bildirdilar.