Qidirish

Ochiq amaliy mashg‘ulot: Ta’lim jarayonini
mavzuli rejalashtirish
 
    Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Izzatilloyeva Sabina Ilhom qizi “Tarbiyachining ish hujjatlari” fanidan Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs, 1-guruh talabalariga “Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.
 
 
    Mashg‘ulotda talabalar 5 ta jamoaga bo‘linib, “Gulli savat” va “Zanjir” metodlari orqali mavzuni mustahkamlashdi. “Oy va hafta” mavzusi asosida ular uy qurish, jihozlarni joylashtirish, oila rasmini yaratish, shajara daraxti tuzish, magnit tajribalari va “Zumrad va Qimmat” ertagini sahnalashtirish kabi topshiriqlarni bajardilar.