Ochiq dars: “Moliya tizimi va moliyaviy siyosat.
Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli”
Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi o‘qituvchisi Xolto‘rayev Islom 1-bosqich iqtisodiyot yo‘nalishi IQ-130-24 guruh talabalariga “Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli” mavzusida ochiq dars mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Darsda oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan taqdimot, savol-javoblar, qiziqarli bahs-munozaralar asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalanildi.