Qidirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi xurujlar va tahdidlarga
bag‘ishlangan ochiq dars
 
     "Mediasavodxonlik va axborot madaniyati" fanidan "Boshlang‘ich ta’lim" yo‘nalishi 1-kurs 3-guruh talabalari hamda o‘qituvchi Jurayeva Nargiza tomonidan “Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlar” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
 
 
    Dars boshida talabalar ijtimoiy tarmoqlarning xavf-xatarlariga bag‘ishlangan qisqa metrajli “Uy” nomli animatsion filmni tomosha qilishdi. So‘ngra o‘tilgan mavzular bo‘yicha talabalar o‘z telefonlari yordamida “Kahoot it” dasturida test sinovlarini bajarishdi.
 
 
        Mashg‘ulot davomida talabalar ikki guruhga bo‘linib, raqamli va real hayot haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo‘lish tarixi bo‘yicha “Mening kompyuterim” hamda “Mozaika” kabi interaktiv o‘yinlar orqali bilimlarini mustahkamlashdi.
 
 
       Dars yakunida eng faol ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.