Qidirish

Osiyo Chempionlari bilan Faxrlanamiz!
 
 Futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan
O‘zbekiston terma jamoasi aziz a’zolari!
 
    Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan nufuzli Osiyo chempionatida ulkan mahorat, jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib, O‘zbekiston futboli tarixida yangi, faxrli sahifani ochganingiz bilan Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi va talabalari sizlarni samimiy muborakbod etadi!
   
  Bu g‘alaba – nafaqat sizlarning fidokorona mehnatingiz, balki Yangi O‘zbekistonda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga va sportga, xususan, futbol rivojiga qaratilayotgan e’tiborning amaliy samarasidir. Sizlarning yutug‘ingiz butun O‘zbekiston yoshlari uchun g‘urur va ilhom manbaiga aylandi.
     
   El-yurt sizlar timsolingizda yurt kelajagining yorqin, intiluvchan va g‘alabaga chanqoq yoshlari qiyofasini ko‘radi. Ishonamizki, bu yutuq Sizlar uchun katta yo‘lning boshlanishi, oldinda Sizlarni yanada ulug‘ zafarlar kutmoqda.
   
Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, aziz yosh futbolchilar!