Qidirish

Buxoro bo‘ylab sayohat
 
        2025-yil 12-aprelda Navoiy innovatsiyalar universiteti rahbariyati tomonidan qadimiy tarixiy yodgorliklar va ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, madaniy-ma'rifiy sayohatni rivojlantirish, kishida milliy gʻurur va iftixor tuyg’ularini yanada mustahkamlash maqsadida professor-oʻqituvchilar, talabalar, “Kitobxon talaba” klubi a’zolari uchun koʻhna va navqiron Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi.
 
 
 
         Sayohat davomida Bahouddin Naqshband maqbarasi, Buxoro arki, Varnet botanika bog‘ida sayr qilinib, betakror arxitektura, zamonaviylik bilan tarixni uyg‘unlashtirgan manzaralar, buyuk ajdodlarimizga ehtirom tuyg‘usi sayohatchilarni juda ta’sirlantirdi.  Sayohat davomida talabalar obidalarning noyob arxitekturasi, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati kabi muhim va qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
 
 
          Uyushtirilgan sayohat har bir inson qalbida tinchlik va osuda hayotning qadriga yetish, Vatanga sadoqat tuyg'usi bilan yashash hamda tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalanish hissini uyg'otadi.