Dissertatsiya ishi muhokamasi
Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Qahharova Malika Lutfullo qizining “O‘smirlarda milliy identiklikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillari” mavzusidagi, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi kafedra kengashida muhokama qilindi.
Tadqiqotchi o‘z ilmiy ishi bo‘yicha muvaffaqiyatli tarzda, 100 foiz ovoz bilan dastlabki muhokamadan o‘tdi.
Qahharova Malika Lutfullo qizini ushbu muhim bosqichdagi yutug‘i bilan tabriklab, kelgusidagi ilmiy faoliyatida yanada katta zafarlar tilaymiz.