“Ona tili o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi”
fanidan ochiq amaliy mashg‘ulot
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Shopo‘latova Nasiba Umirovna tomonidan kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 2-kurs 4-guruh talabalariga mo‘ljallangan “Ona tili o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” fanidan “Matnning ta’rifi va tasnifi. Matnning xususiyatlari. Matnning qurilishi” mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulot darsi o‘tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida talabalar faol ishtirok etib, matn tushunchasiga oid nazariy bilimlarni amaliy misollar asosida mustahkamlashdi. Dars davomida interfaol metodlardan foydalanildi, guruhiy ishlash, fikr almashish va savol-javoblar orqali mavzuning mohiyati chuqur yoritildi.
Talabalar matnning tuzilishi, asosiy belgilari va turlarini tahlil qilib, ularni o‘qitish jarayonida qo‘llash yo‘llarini muhokama qildilar. Ushbu ochiq dars talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, mantiqiy fikrlash va pedagogik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.