Talabalar uchun interaktiv ochiq dars:
Kelajak rejalari va ta’tillar haqida ingliz tilida muloqot
Navoiy innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi Tojiyeva Matluba tomonidan Ingliz tili ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 6-guruh talabalari uchun “Og'zaki nutq amaliyoti” fanidan “Talking about future plans and vacations” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida talabalar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo'ldilar, balki o'z orzu-maqsadlarini ingliz tilida ravon gapira olishdi.
Mazkur ochiq dars noan’anaviy yondashuvlar asosida tashkil qilindi va unda “TBLT” (Task-Based Language Teaching), “TPR” (Total Physical Response) va “Audio-lingual” metodlaridan samarali foydalanildi.
Bunday interaktiv yondashuvlar talabalarning ingliz tilida so'zlashish qobiliyatini mustahkamlashga xizmat qilib, ularning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga katta hissa qo‘shadi.