"Qadrdon kutubxonamga tuhfa" shiori ostida Universitetimiz Axborot-resurs markazi fondi yangi kitoblar bilan boyimoqda! Universitet xodimlari o‘z shaxsiy kutubxonalaridan turli badiiy va tarixiy asarlarni sovg‘a qilib, bilim ulashish an’anasiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Ushbu ezgu tashabbusni Marketing va shartnomalar bilan ishlash bo‘limi xodimlari – Toshmamatov Raximberdi Ulug‘bekovich va Hosilboyev Abdullo Fozilovich boshlab berishdi. Ular o‘z shaxsiy kutubxonalaridan saralangan qimmatli asarlarni Universitet kutubxonasiga tuhfa qilib, ilm-ma’rifatga bo‘lgan hurmatlarini namoyon etdilar.
Bu tashabbus doirasida barcha xodimlar, talabalar va kitobsevarlarni Axborot-resurs markaziga o‘z tuhfalari bilan hissa qo‘shishga chorlaymiz!