Qidirish

“Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji:
Navoiy innovatsiyalar universiteti ishtirok etmoqda
 
          Respublikamiz bo‘ylab milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida “Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji keng miqyosda o‘tkazilmoqda.
 
 
      Ushbu tashabbus milliy liboslarimizning go‘zalligini targ‘ib qilish, ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yana bir bor namoyon etish hamda milliy o‘zligimizni his etish uchun ajoyib imkoniyatdir.
 
     
        Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi – professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, chellenjni davom ettiradi!
 
 
            Milliy liboslarimizni ardoqlash, ularning tarixiy va madaniy ahamiyatini anglash orqali biz millatimizning boy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lida hissa qo‘shamiz.
 
 
          Har bir milliy libos – bu bizning tariximiz, madaniyatimiz va faxrimiz timsolidir! Keling, milliy g‘ururimizni birgalikda ulug‘laylik!