Qidirish

 "Karmana tumani hokimi NIUda:
talabalarga e’tibor, yashil muhitga g‘amxo‘rlik!" 
 
 Karmana tumani hokimi Valijon Adizov Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori Jo‘rabek Mavlonov hamrohligida talaba yoshlarning bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
 
 
 Xususan, universitet kutubxonasida talaba yoshlar bilan samimiy suhbatlashilib, ularning yanada ko‘proq bilim egallashlari uchun takliflari o‘rganildi.
 
 
Shuningdek, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda "Yashil makon" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi. Tuman rahbari tomonidan ushbu ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berildi.