Qidirish

Diniy ekstremizm va internet: yoshlar ongiga ta’siri 
     Diniy ekstremizm va internet: yoshlar ongiga ta’siri muhokama qilindi Navoiy innovatsiyalar universitetida dolzarb masalalar bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
     
       
         Navoiy viloyati “Tafakkur” targ‘ibot markazi rahbari Jonibek Shuhratov ishtirokida "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish” kafedrasi talabalari uchun “Diniy ekstremizm va internetning yoshlar ongiga ta’siri” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
 
 
       Suhbat davomida yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar, xususan, diniy ekstremizm va internet orqali tarqatilayotgan zararli g‘oyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri bo‘lgan Isroil va Falastin o‘rtasidagi murakkab va mudhish vaziyat ham muhokama qilindi.
 
 
      Jonibek Shuhratov yoshlarni zararli g‘oyalardan himoya qilishda ma’rifat va tafakkur yuksaltirishning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida jaholatga qarshi faqatgina ma’rifat bilan kurash olib borishning o‘rni va ahamiyati hayotiy misollar orqali yoritildi. 
 
 
       Davra suhbati barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli va ma’naviy jihatdan boy taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlar yoshlar ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’rifiy jarayonlarni rivojlantirish va ularning kelajakda yuksak ma’naviy kamolotga erishishlari uchun muhim ahamiyatga ega.