Rektor va Yoshlar Uchrashuvi
2025-yil 10-yanvar kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida iqtisodiyot yo‘nalishi birinchi kurs sirtqi talaba-yoshlari uchun universitet rektori va ma’muriyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet rektori J.Mavlonov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.v.b A.Ergashev hamda O‘quv ishlari va ilmiy innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Xudoyorov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalar universitet rahbariyati bilan tanishtirilib, oliygohda yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, talabalarning takliflari, talab va istaklari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish rejalashtirildi.
Ushbu tadbir universitet talaba-yoshlari va rahbariyat o‘rtasidagi ochiq muloqot hamda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.