Navoiy innovatsiyalar universiteti, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatidagi Xalq qabulxonasi hamda “Unicon Soft” MCHJ hamkorligida “Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomining yagona boshqaruv tizimi” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori prof. J.Mavlonov, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri F.Quvondiqov, Bosh mutaxassisi L.Abdullaev, Navoiy viloyati hokimligi Murojaatlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i K.Abduazizov, Navoiy viloyat hokimligi Ijro Intizomi nazorati bo'limi boshlig'i SH.Namozov, “Unicon Soft” MCHJ direktori J.Mardiev, NIU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Ergashov, shuningdek professor-o'qituvchilar va personal xodimlar ishtirok etishdi.