Qidirish

Talaba va amaliyot: bilimdan tajribaga
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan oliy ta’lim muassasasi hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi hamda Navoiy shahar 26-son DMTT hamkorligida “Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
 
 
Seminar nоаn’аnаviy tаrzdа tаshkil etilib, hаr bir аmаliyot o‘tаyotgаn tаlаbа mustаqil mаshg‘ulоt olib bordi. Amaliy seminarda ishtirok etаyotgаn tаlаbаlаr oliygohda оlgаn nаzаriy bilimlаrini аmаliyotdа qo‘llаdilаr.
 
 
Bundan tashqari, 26-son DMTT psixologi N.Djumayeva seminar qatnashchilaridan “Biz zo'ravonlikka qarshimiz!” mavzusida so'rovnoma o‘tkazdi. Talabalar hozirga davrda zo'ravonlikning oldini olish haqida o‘z  fikr-mulohazalarini bildirdilar.
 
 
Seminar yakunida 26-son tarbiyalanuvchilari ijrosida musiqiy tadbir namoyish etilib, barchaga bayramona ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
 
 
Tadbir barchaga manzur bo‘ldi va tashrif  buyurgan mehmonlar DMTTning ish faoliyati haqida iliq fikrlar bildirishdi.