Hazar universiteti, Navoiy innovatsiyalar universiteti hamda
UNESCO tashkiloti hamkorligida Xalqaro simpozium
2024-yil 13-dekabr kuni Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Boku shahrida Hazar universiteti, Navoiy innovatsiyalar universiteti hamda UNESCO tashkiloti hamkorligida “Umum turk o‘tmishidan kelajak sari: Umumturklar munosabatlarini mustahkamlashda umumiy alifboning o‘rni” mavzusida Xalqaro simpozium tashkil etildi.
Simpoziumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Hindiston va boshqa davlatlardan ko'plab tilshinos olimlar ishtirok etib, turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar orasida umum turk tilini keng targ‘ib etilishi masalalari haqida fikr-mulohazalar olib borishdi.
Ushbu simpoziumda Navoiy innovatsiyalar universiteti nomidan "Filologiya va tillarni o‘qitish" kafedrasi professor-o'qituvchisi, falsafa fanlari doktiri (PhD) Nargiza G‘ulomova o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi.