Assalomu alaykum hurmatli o‘qituvchilar va aziz talabalar!
Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi nomidan sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!
1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil davlatimizning huquqiy poydevori, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlovchi muhim hujjatdir. Ushbu Bosh Qomus xalqimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishda, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda, har bir fuqaroning erkinligini kafolatlashda ulkan ahamiyatga ega. Yangilangan Konstitutsiyamiz esa mamlakatimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida yanada kuchli huquqiy asos yaratdi.
Shu ulug‘ kun munosabati bilan universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari va aziz talabalariga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va yurt ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!